Yuridik hujjat

Qaytarish va buyurtmani bekor qilish siyosati

Ushbu sahifa qaytarish, refund, buyurtmani bekor qilish va mijoz murojaatlarini ko'rib chiqish tartibini belgilaydi.

01

1. Refund beriladigan holatlar

Pul qaytarish faqat asosli va tasdiqlangan holatlarda amalga oshiriladi.

  • Mahsulotda ishlab chiqarish nuqsoni aniqlansa.
  • Mijozga noto'g'ri mahsulot yoki noto'g'ri komplektatsiya yuborilsa.
  • Tasdiqlangan buyurtma kompaniya aybi bilan bajarib bo'lmaydigan bo'lsa.

02

2. Refund berilmaydigan holatlar

Quyidagi holatlarda qaytarish yoki refund cheklanishi mumkin.

  • Mijozning individual o'lchami, logotipi yoki texnik topshirig'i asosida tayyorlangan mahsulotlar.
  • Mijoz noto'g'ri ma'lumot berganligi sababli yuzaga kelgan xatolar.
  • Ishlatilgan, shikastlangan yoki qayta sotuv holatiga keltirib bo'lmaydigan mahsulotlar, agar qonunchilik boshqacha talab qilmasa.

03

3. Ko'rib chiqish muddati

Qaytarish yoki bekor qilish bo'yicha murojaatlar ariza va tasdiqlovchi materiallar olingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

  • Kompaniya qo'shimcha foto, video yoki hujjat so'rashi mumkin.
  • Qaror telefon, email yoki messendjer orqali yuboriladi.

04

4. Murojaat yuborish tartibi

Mijoz qaytarish yoki bekor qilish bo'yicha murojaatni quyidagi kanallar orqali yuborishi mumkin.

  • Email: salomonumail.uz@mail.ru.
  • Telefon: +998 97 102 78 78.
  • Telegram / WhatsApp: +998 97 102 78 78.
  • Murojaatda buyurtma raqami, sabab va tasdiqlovchi materiallar ko'rsatilishi kerak.